Yandex Uzbekistan dasturlash maktabida yangi o‘quv yili boshlandi

eʼlon qilindi
Корреспондент
Python bo‘yicha yillik bepul kurs boshlandi
Foto: Yandex Uzbekistan

Yandex Uzbekistan dasturlash maktabida 75 nafar yuqori sinf o‘quvchilari uchun darslar boshlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.

Bir yillik bepul kurs davomida o‘quvchilar Python’da dasturlash asoslarini o‘rganadi. Mashg‘ulotlar Toshkentdagi Inha Universitetida haftada ikki marotaba o‘tkaziladi.

Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilari dasturlash tili sintaksisi bilan tanishib, funksiyalar kutubxonasi bilan ishlash va algoritmlar tuzishni o‘rganadi.

Yangi o‘quv yili Yandex Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan maktab uchun ikkinchi yil bo‘ladi. Bu yil tashkilotchilar o‘quvchilar sonini oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandex dasturlash maktabi Samarqandda ish boshlagani haqida xabar qilgan edi.

Shuningdek