Oʻzbekiston BRICSda hamkor davlat maqomini oldi

eʼlon qilindi
BRICS Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoyni o‘z ichiga olgan
Foto: Brics news

O‘zbekiston va yana 12 davlat BRICSga hamkor davlatlar ro‘yxatidan joy oldi.

Jazoir, Belarus, Boliviya, Kuba, Indoneziya, Qozog‘iston, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Turkiya, Uganda, O‘zbekiston va Vyetnam shular jumlasidandir.

Ma’lumot uchun, dastlab Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoyni o‘z ichiga olgan BRICS 2009-yilda rivojlanayotgan davlatlar uchun hamkorlik platformasi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, 2010-yilda unga Janubiy Afrika qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BRICS yetakchilari XVI sammitining yakuniy deklaratsiyasini qabul qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek