Yandex Uzbekistan Express24 aktivlarining bir qismini sotib oladi

eʼlon qilindi
Yagona texnologik platformaga o‘tkaziladi
Foto: Yandex

Yandex Uzbekistan Express24 aktivlarining bir qismini sotib olmoqda. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, tomonlar Yandex Go va Express24 xizmatlarining afzalliklarini hisobga oladigan yagona texnologik platforma yaratishga kelishib oldi.

Yandex ikki kompaniya xizmatlari yagona texnologik platformaga o‘tishini ta’kidladi. Biroq tranzaksiya summasi oshkor etilmagan.

Express24 2021-yil avgust oyida tashkil etilgan bo‘lib, kompaniyaning ustav kapitali 10 mln so‘mni tashkil etadi. 25-oktabr holatiga ko‘ra, kompaniyaning 100 foiz aksiyalari Newmax Technologies kompaniyasiga tegishlidir.

Eslatib o‘tamiz, Newmax Technologies kompaniyasining sobiq rahbari 2024-yil sentabridan Yandex Uzbekistan’ni boshqarmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandex Go Urganchda ovqat buyurtma qilish xizmatini ishga tushirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek