Qirg‘izistonda davlat madhiyasi o‘zgartirilishi mumkin

eʼlon qilindi
Bu tashabbus parlament spikeri tomonidan ilgari surilgan
Foto: Yangi O‘zbekiston

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi spikeri Nurlanbek Shakiyev davlat madhiyasini o‘zgartirishni taklif qildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

Shakiyev madhiyaning yangilangan matni qirg‘izistonliklarni vatanparvarlik va farovonlikka chorlashi kerakligini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, u yangi madhiyani 5 yoshdan 90 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolar kuylay olishi kerakligini ta’kidladi.

«Bizning madhiyamiz allaqachon bir marta o‘zgartirilgan va matndan bir misra butunlay olib tashlangan», – dedi u.

Madhiya matnini ishlab chiqish masalasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilishi ta’kidlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘izistonda yangi bayroq tasdiqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek