Zanzibar ko‘li, Kilimanjaro tog‘i hamda safari bog‘lari: o‘zbekistoniklar endi Tanzaniyaga sayohat qila oladi
Oʻzbekiston va Tanzaniya oʻrtasida havo qatnovini tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tomonlar haftasiga 21 ta yoʻlovchi reyslarini, shuningdek, cheksiz yuk tashuvchi aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan «ICAO ICAN – 2024» tadbirida ikki davlat vakillari bu boradagi hujjatni imzoladi.
Departament Tanzaniya O‘zbekiston uchun yangi yo‘nalish ekanligini ta’kidladi. Ushbu Afrika mamlakati Zanzibar ko‘li, Kilimanjaro tog‘i hamda safari bog‘lari kabi diqqatga sazovor joylar bilan mashhur.
2023-yilning 11 oyi oxirida Tanzaniyaga 1,8 mlndan ortiq kishilar tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 400 ming kishiga ko‘pdir. Sayyohlar oqimining ko‘payishi infratuzilmaning yaxshilanishi va turizm sohasidagi davlat tashabbuslari bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edik.