O‘zbekistonda parlament saylovlari boshlandi

eʼlon qilindi
875 nafar nomzod ro‘yxatga olingan
Foto: Saylov – 2024

Bugun, 27-oktabr O‘zbekistonda parlament saylovi o‘tkazilmoqda. Respublikada 208 ta tuman va shahar saylov komissiyalari, 11 mingdan ortiq uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Xorijda 57 ta saylov uchastkasi tashkil etildi.

Saylovlarda beshta siyosiy partiya (Xalq demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, Liberal-demokratik partiyasi, Ekologik partiyasi) nomzodlari ishtirok etmoqda.  

Ushbu siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari bilan partiyalarning rasmiy veb-saytlari orqali tanishib chiqish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 875 nafar nomzod Oliy Majlisga saylovda ishtirok etish uchun ro‘yxatga olingan. Ulardan deyarli 45 foizini (391 nafar) ayollar tashkil etadi. Ular ichida jismoniy imkoniyati cheklangan 11 nafar nomzod ham bor.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan MDH kuzatuvchilari missiyasining oraliq hisobotida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovoldi tashviqot kampaniyasi saylov qonunchiligi normalariga mos kelgani ta’kidlangani haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek