O‘zbekistonda rasman ovoz berish jarayonlari yakunlandi

eʼlon qilindi
Ayni daqiqalarda ovozlarni sanab chiqish jarayonlari boshlandi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Oʻzbekistonda soat 20:00 da respublika hududida tashkil etilgan barcha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Ayni daqiqalarda ovozlarni sanab chiqish jarayonlari boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar Vladivostok, Seul, Tokio, Kvanju, Shanxay, Pekin, Guanjou, Kuala Lumpur va Singapur shaharlaridagi saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi. Ushbu saylov uchastkalarida saylov natijalarini aniqlash, byulletenlarni sanash jarayoni ketmoqda. Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da Vashington va Nyu-York shaharlarida ovoz berish boshlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan saylovchilarning 62,7 foizi ovoz berib bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek