Xitoyda dunyodagi birinchi uchuvchi avtomobillar zavodi quriladi
Xitoyning Xpeng kompaniyasi Guanchjou shahrida dunyodagi birinchi uchuvchi avtomobillar zavodini qurishni boshladi. Bu haqda «Sinhua» agentligi xabar berdi.
Korxona loyihasining birinchi bosqichi 180 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga o‘n mingta avtomobilni tashkil etadi. Bu zavodda «Quruqlikdagi aviatashuvchi» modelidagi uchuvchi avtomobil uchun havo modullari ishlab chiqariladi.
Ushbu model 2024-yil sentabr oyida birinchi parvozini amalga oshirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilning savdosi yil oxirida boshlanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Xpeng – aqlli avtomobillar, jumladan, uchuvchi va uchuvchisiz avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Xitoy kompaniyasi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston ikkilamchi avtomobil bozoridagi holat haqida xabar bergan edi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining (MHTI) ma’lum qilishicha, avgust oyida narxlar iyul oyiga nisbatan oshgan, sentabrda esa pasaygan.