Kolbasa ishlab chiqarish deyarli 15 foizga ortdi

eʼlon qilindi
7,2 tonnaga yaqin mahsulot ishlab chiqarilgan
Foto: Grigorenko / depositphotos

Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan deyarli 7,2 ming tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 14,8 foizga oshgan, ya’ni 2023-yilda 6,3 ming tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Ushbu ko‘rsatkichlar 2022-yilda 5,5 ming tonna, 2021-yilda esa, 5,4 ming tonnani tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Misr supermarketlari tomonidan o‘zbek kolbasalariga qiziqish bildirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek