Alisher Usmonov FIE rahbari lavozimiga nomzod bo‘ldi

eʼlon qilindi
Federatsiyaning yangi rahbari 30-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan kongressda saylanadi
Foto: Bloomberg

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) rahbari lavozimiga Alisher Usmonov nomzodini 100 ta davlat qo‘llab-quvvatladi. Usmonov nomzod sifatida rasman ro‘yxatga olindi, deb xabar berdi TASS FIE matbuot xizmatiga tayanib.

Federatsiyaning yangi rahbari 30-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan kongressda saylanadi. Asli oʻzbekistonlik milliarderning yagona raqibi shvetsiyalik Otto Drakenbergdir.

Usmonovga Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Serbiya va boshqa mamlakatlarning qilichbozlik federatsiyalari ovoz berdi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov FIEga 14 yil, 2008-yildan 2022-yilgacha rahbarlik qilgan va unga qarshi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari kiritilganidan keyin o‘z ixtiyori bilan lavozimini tark etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ARD telekanali Usmonov haqida e’lon qilingan ma’lumotlarning noto‘g‘riligini tan olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek