O‘zbekistondagi xorijlik talabalar soni bir yilda ikki barobardan ko‘proqqa o‘sdi
eʼlon qilindi
5 ming nafardan 10,8 ming nafarga o‘sdi
2023/2024-o‘quv yilida O‘zbekistondagi OTMlarda tahsil olayotgan xorijlik talabalarning soni 10,8 ming nafarga yetdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, o‘tgan 2022/2023-o‘quv yilida 5 ming nafar xorij fuqarolari O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan.
Ma’lumot uchun, 2018/2019-o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 2,7 ming nafarni tashkil etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, xorijda tahsil olayotgan talabalar soni boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda uchinchi oʻrinda turadi.