O‘zRTXB: Ikki tomonlama qarama-qarshi auksioni ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Ishtirokchilar o‘rtasida raqobat kuchayib boradi
Foto: albertyurolaits / depositphotos

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida ikki tomonlama qarama-qarshi auksioni ishga tushirildi. Bu haqda joriy yilning 29-oktabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

«Ikki tomonlama qarama-qarshi auksioni, tovar xomashyo birjasida yangi savdo mexanizmi bo‘lib, shu vaqtgacha mavjud bo‘lgan savdo mexanizmlari orasida eng yangisi hisoblanadi», – deydi «O‘zRTXB» AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari Zulfiddin Kamolov.

Ma’lumot uchun, ikki tomonlama qarama-qarshi auksion birjaning savdo rejimi bo‘lib, bozor narxlarini aniqlashning yanada samaraliroq usuli hisoblanadi.

Undagi narxlar sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi raqobat natijasida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat darajasida shakllanadi. Ushbu savdo rejimida ikki tomon bir vaqtning o‘zida o‘z narx takliflarini berishlari mumkin bo‘ladi. O‘zRTXBning xabariga ko‘ra, buning natijasida raqobat nafaqat xaridorlar, balki sotuvchilar o‘rtasida ham kuchayib boradi.

Savdo stakani shakllanish jarayoni

Manba: O‘zRTXB skrinshot

Auksion davomida sotuvchilar va xaridorlarning narxlari bir-biriga mos kelgunga qadar yaqinlashishda davom etadi. Narxlar mos kelgan taqdirda esa bitimlar inson aralashuvisiz avtomatik ravishda tuziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘zbekneftgaz» AI-92 benzinini birja orqali sotishni boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek