Hindiston toʻlov tizimi Humo va Uzcard bilan integratsiyani rejalashtirmoqda
Hindistonning Unified Payments Interface (UPI) tezkor toʻlov tizimi Humo va Uzcard bilan integratsiyalashuvni amalga oshiradi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur hamkorlik masalalari vakillar tomonidan muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Humo toʻlov tizimi va NPCIning NPCI International shoʻba korxonasi umumiy toʻlov tarmogʻini yaratish boʻyicha kelishuvga erishdi.
Ma’lumot uchun, UPI 2016-yilda ishga tushirilgan va NPCI tomonidan ishlab chiqilgan. Platforma p2p va p2m transferlarini amalga oshirish imkonini beradi.
UPI 2022-yilda global tezkor to‘lov tranzaksiyalarining 46 foizini tashkil etgan. 2024-yil yanvar oyida tranzaksiyalar hajmi $222,1 mlrd.ni tashkil qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 41,7 foizga ko‘pdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzcard va Hamkorbank naqd pulsiz to‘lov amaliyotlarini rivojlantirishi haqida yozgan edik.