Migratsiya agentligi xususiy o‘quv markazlarini hamkorlikka chorladi
eʼlon qilindi
Xorijiy tillarni o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan
Migratsiya agentligi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan nomzodlarni tayyorlash maqsadida o‘quv markazlari bilan hamkorlik qilmoqchi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra agentlik rus, ingliz, nemis, yapon va koreys tillarini o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan barcha o‘quv markazlari bilan hamkorlik qilishga tayyor.
Hamkorlik qilish istagida bo‘lgan o‘quv markazlari ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xususiy o‘quv markazlariga ishsizlarni o‘qitish uchun grantlar ajratilishi haqida yozgan edik.