Isroil BMTning Yaqin Sharq bo‘yicha agentligi faoliyatiga taqiq qo‘ydi
2025-yildan boshlab Isroil Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining (UNRWA) mamlakatdagi faoliyatiga taqiq qo‘ydi, deb xabar berdi DW.
Isroil rasmiylari agentlikni Falastindagi guruhlari bilan hamkorlikda bir necha bor ayblagan. Isroil razvedkasi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil oktabr oyida Hamas hujumida UNRWA’ning taxminan 12 nafar xodimi ishtirok etgan boʻlishi mumkin.
AQSh Davlat departamenti vakilli UNRWA taqiqidan xavotirda ekanligini aytdi. O’z navbatida, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tashkilotga taqiq qo’yilganidan «chuqur taassuf» bildirdi.
Isroilning G‘azo sektorida harbiy amaliyoti boshlanganidan beri 41,5 mingga yaqin falastinlik halok bo‘ldi. Ularning aksariyati tinch aholi vakillari.
UNRWA Isroilning G‘azoga hujumlari uchun harakatlarini bir necha bor tanqid qilgan. Ba’zi hujumlar tashkilot xodimlarining o‘limiga sabab bo’lgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil Eronga qarshi havo hujumlarini amalga oshirgani haqida yozgan edi.