Saida Mirziyoyeva Qatar va Marokash malikalari bilan birga nufuzli moda tadbirida ishtirok etdi

eʼlon qilindi
Qatar malikasi taklifiga binoan
Foto: Saida Miriyoyeva Telegram kanali

Saida Mirziyoyeva Qatar sobiq amirining qizi Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniyning taklifiga binoan Marokashda «Fashion Trust Arabia» mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Saida Miriyoyeva Telegram kanali

«Marosimda qatnashish moda sohasining yetakchi vakillari bilan uchrashish va eng iqtidorli dizaynerlarga mukofotlar topshirilishining guvohi bo‘lish imkonini berdi», — deydi Saida Mirziyoyeva.

Foto: Saida Miriyoyeva Telegram kanali

Mirziyoyeva Marokash malikasi Lalla Hasnaga mehmondo‘stligi uchun, Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniyga esa taklif uchun o‘z minnatdorligimni bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva BMT vakili bilan Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek