O‘zbekistonning ikki kompaniyasi AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga tushdi

eʼlon qilindi
Ikkinchi darajali sanksiya qo‘lladi
Foto: Kotykolenabo/Depositphotos.com

AQSh G‘aznachilik departamenti O‘zbekistonning Uzstanex va The Elite Investment Group kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda departament matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, sanksiyalar Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga aloqador 275 dan ortiq shaxs va tashkilotga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, Uzstanex 2018-yilda mexanik mashinalar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, asoschisi Vasiliy Vitalievich Abramovdir. The Elite Investment Group esa 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Rossiya kompaniyalariga mahsulotlar yetkazib berish bilan shug‘ullangan.

Eslatib oʻtamiz, fevral oyida AQSh Davlat departamenti Toshkentda joylashgan Polar Star Logistics transport kompaniyasini ham sanksiyalar roʻyxatiga kiritgan.

Avvalroq Alisher Usmonov rossiyalik ishbilarmonlarga nisbatan sanksiya rejimi haqida so‘zlagan edi.

Shuningdek