Tojikiston kompyuter klublarida GTA oʻyiniga taqiq qoʻyadi

eʼlon qilindi
Bunday qaror mamlakat Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul qilindi
Foto: Game Modding

Tojikiston huquq-tartibot idoralari Grand Theft Auto (GTA) va Counter Strike o‘yinlarini kompyuter klublarida tarqatishni taqiqladi. Bu haqda Sputnik axborot agentligining mahalliy byurosi xabar berdi.

Mamlakatda ushbu o‘yinlarga oid videolarni tarqatish va namoyish etish ham cheklandi.

«Ayrim yoshlar muntazam ravishda ularga (oʻyinlar — Tahr.) berilib, salbiy ta’sirga tushib, turli jinoyatlarga qoʻl urmoqda», – deydi mamlakat IIV.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan NAVI sport jamoasining sobiq a’zosi Akbar Bo‘tayev (SoNNeikO) Dota 2 o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek