IT Park Uzbekistan’ning eksport qamrovi 78 ta mamlakatga yetdi

eʼlon qilindi
Joriy yilning 3-chorak yakunlariga ko‘ra
Foto: It-park.uz

O‘zbekistonda IT sohasining eksport geografiyasi 78 mamlakatga kengayib, IT-kompaniyalar soni 936 taga yetdi. Bu haqda IT Park Uzbekistan ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2023-yilga nisbatan 170 foizga oshgan eksportchi kompaniyalar, kuchli startap ekotizimi va infratuzilma rivojlanishi hisobiga mamlakat Markaziy Osiyo yetakchisiga aylandi.

Yangi 434 nafar eksportchi rezidentlardan 223 tasi IT-xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi, 190 tasi autsorsing va 21 tasi kreativ sanoatda faoliyat yuritadi. Hududlarda IT-xizmatlar eksporti 374 foizga o‘sgan. Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlari eng namunali hududlar hisoblanadi.

Foto: It-park.uz

Shuningdek, Zero Risk dasturi orqali 570 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi. O‘zbekistonning 2024-yil 3-choragidagi umumiy eksport hajmining 45 foizi Shimoliy Amerika mamlakatlariga amalga oshirildi.

Bundan tashqari, IT Park Uzbekistan Local2Global dasturi doirasida xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash va startaplar uchun investitsiya jalb qilish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Koreya, Ruminiya va boshqa mamlakatlardan hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Ma’lumot uchun, Uzbekistan Digital Inclusion xalqaro loyihasi ko‘magida $50 mln miqdorida investitsiya jalb qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TechWomen xalqaro dasturida O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘lgani haqida yozgan edik.

Shuningdek