Germaniya Eronning ikki elchixonasini yopmoqda
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Berlindagi elchixona bundan mustasno
Germaniya Eronning Gamburg va Myunxenda joylashgan ikki Bosh konsulliklarini yopadi. Bu haqda Report xalqaro nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Eronning Berlindagi elchixonasi ishlashni davom ettiradi.
Bunga sabab ikki mamlakat fuqaroligiga ega bo‘lgan Jamshid Sharmahdning Eronda qatl etilishi bilan bog‘liq. U Eron xavfsizlik kuchlari tomonidan terrorchi sifatida o‘lim jazosiga hukm qilinishi Eron va Germaniya munosabatlarini keskinlashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Saudiya Arabistoniga neft inshootlariga zarba berish bilan tahdid qilgan edi.