Sifatsiz yonilgʻi materiallarini realizatsiya qilish javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin – Adliya vazirligi
eʼlon qilindi
BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha
Adliya vazirligi sifatsiz yonilgʻi-moylash materiallarini realizatsiya qilish javobgarlikka sabab boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Qonunchilikka koʻra, texnik reglamentlarga javob bermaydigan va koʻplab zaharli moddalar chiqishiga olib keladigan yonilgʻi-moylash materiallarini realizatsiya qilish mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 875 ming soʻmdan 2 mln 625 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shuningdek, yonilgʻi-moylash materiallari bilan qoʻlda savdo qilish yoxud shaharlarda belgilanmagan joylarda qoʻlda savdo qilish uchun ham javobgarlik belgilangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gazprom Oʻzbekistonda yonilgʻi quyish shoxobchalarini ochishi haqida xabar bergan edi.