Toshkentda palov narxi 16,9 foizga qimmatlashdi

eʼlon qilindi
Bir porsiyaning o‘rtacha narxi 34,5 ming so‘mni tashkil etdi
Foto: Collab Media / Unsplash

2024-yil oktabr oyida Toshkent shahrida palovning o‘rtacha narxi 34,5 ming so‘mni tashkil etdi. Bu joriy yilning yanvar oyiga nisbatan 16,9 foizga qimmatroqdir, deya xabar berdi Statistika agentligi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududlari orasida eng arzon narxdagi palov Namangan viloyatida – 22,2 ming so‘m.

Palov narxi past boʻlgan viloyatlardan yana biri Fargʻona viloyatidir, u yerdagi narx 25,3 ming soʻmni tashkil qilmoqda.

Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 25,7 ming so‘m bilan uchinchi o‘rinni band etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri londonliklar o‘zbek oshxonasi festivalida palovni tatib ko‘rgani haqida yozgan edi.

Shuningdek