Rossiya O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga yordam berishga tayyor

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda “Rosoboroneksport” rahbari bayonot berdi
Foto: Foto: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

«Rosoboroneksport» rahbari Aleksandr Mixeyev Rossiya O‘zbekiston armiyasi, huquq-tartibot idoralari va boshqa tuzilmalariga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Securex Uzbekistan ko‘rgazmasining ochilishi arafasida Mixeev Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik strategik xususiyatga ega ekanini ta’kidladi. Rossiya O‘zbekistonga davlat va jamoat xavfsizligi masalalarida yordam berishini ma’lum qildi.

«Rosoboroneksport» ko‘rgazmada ilk bor ishtirok etmoqda. Mixeev Rossiya davlat kompaniyasi Securex Uzbekistan ishtirokchilariga huquq-tartibot idoralari uchun mahsulotlar va Rossiyaning raqamli xavfsizlik yechimlarini taqdim etishiga va’da berdi.

Ko‘rgazma 2024-yilning 5 – 7-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda xavfsizlik va yong‘indan himoya vositalarini yetkazib beruvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda Qozog‘iston va O‘zbekiston harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan edi.

Shuningdek