Avtotransportning vazni va hajmini nazorat qilish xususiy sektorga topshiriladi
Katta hajmli va ogʻir vaznli avtotransport vositalarining yo‘llarda harakatlanish tartibini takomillashtirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilandi. Qaror Lex.uz portalida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, qarorda avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari nazoratini ta’minlash maqsadida zamonaviy statsionar va ko‘chma o‘lchov shoxobchalari o‘rnatilishi belgilandi. Bu shoxobchalar xususiy sektor ishtirokida 20 yil muddatga auksion orqali tadbirkorlik subyektlariga ijaraga beriladi.
Shuningdek, shoxobchalar uchun minimal qiymatlar belgilandi: xalqaro yo‘llarda BHMning 50 baravari, davlat ahamiyatidagi yo‘llarda 40 baravari, mahalliy yo‘llarda – 30 baravari. Dastlabki ikki yil davomida huquqbuzarliklar uchun jarimalardan tushgan mablag‘larning 40% tadbirkorlik subyektlariga yo‘naltiriladi, keyinchalik bu ko‘rsatkich 30% ga kamayadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi sentabrda o‘sgani haqida yozgan edik.