AQShda 70 milliondan ortiq saylovchilar muddatidan oldin ovoz berdi
5-noyabr kuni AQShda boʻlib oʻtadigan prezidentlikka saylovda 70 mln.dan ortiq mamlakat fuqarosi muddatidan oldin ovoz berdi. Bu haqda Report axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 70 053 286 nafar AQSh fuqarosi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan. Ularning 37,4 mlndan ortig‘i saylov uchastkalarida shaxsan o‘zi, 32,6 mln.ga yaqini esa pochta orqali ovoz bergan.
Qo‘shma Shtatlarda ro‘yxatga olingan saylovchilar soni 168 mln.ga yaqin. Eng ko‘p kishi Texas (7,9 mln), Florida (7,3 mln) va Kaliforniya (6 mln) shtatlarida erta ovoz bergan.
Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi saylovlar 5 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Respublikachi Donald Tramp va demokrat Kamala Xarris davlat rahbari lavozimi uchun kurashadi. Tramp Amerikaning 45-prezidenti sifatida 2017 – 2021-yillarda lavozimda ishladi. Xarris Qo‘shma Shtatlar vitse-prezidenti lavozimida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp McDonald’s tarmoqlaridan birida kartoshka fri tayyorlagani haqida yozgan edik.