Yil boshidan beri Huaweiʼning sof foydasi 13,7 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
Yanvardan sentabrgacha bo‘lgan davrda kompaniyaning sof foydasi 62,9 milliard yuanni ($8,83 milliard) tashkil etdi
Foto: Shutterstock

Daromadning oʻsishiga qaramay Xitoy texnologiya giganti Huaweiʼning sof foydasi 13,7 foizga kamaydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yanvardan sentabrgacha boʻlgan davrda kompaniyaning sof foydasi 62,9 milliard yuan ($8,83 milliard)ni tashkil etdi.

Daromad esa 452,3 milliard yuandan 585,9 milliard yuanga oʻsdi, Huawei kompaniyasining asosiy iste’molchi biznesi, jumladan, smartfonlar va shaxsiy kompyuterlar hamda uning elektr avtomobil komponentlari bloki yaxshi natijalarga erishdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Huawei Experience Store doʻkoni ochilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek