O‘zbekistonning Indoneziyaga tayinlangan yangi elchisi o‘z faoliyatini boshladi

eʼlon qilindi
Diplomat 2008-yildan 2017-yilgacha Isroildagi elchi lavozimida ishlagan
Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Oybek Eshonov Indoneziya poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.  

Qayd etilishicha, diplomat 2008-yildan 2017-yilgacha Isroildagi elchi lavozimida faoliyat yuritgan.

Elchi hozirgi lavozimga tayinlangunga qadar TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Oybek Eshonov 2018 – 2022-yillarda mamlakatimizning Jakartadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan va  «O‘zavtosanoat» AK boshqaruvi raisi etib tasdiqlangan Ulug‘bek Rozukulov o‘rniga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Rahmatulla Nurimbetov Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek