Indoneziyada vulqon otilishi natijasida 10 ming kishi jabr ko‘rdi
Indoneziyaning Floresning orolida sodir bo‘lgan bir qator vulqon otilishlari tufayli kamida 10 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi xabar berdi.
«Lewotobi Laki-Laki tog‘ida yarim tunda sodir bo‘lgan portlash natijasida 2 000 metr (6 500 fut) balandlikda qalin jigarrang kul tarqaldi va issiq kul bir necha qishloqqa tushib, uylarni, jumladan, katolik rohibalarning monastirini yoqib yubordi», – dedi Lewotobi Laki-Laki monitoring posti rasmiysi Firman Yusef.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, 2-noyabrdan oldin boshlangan qator vulqon otilishlar sabab hozirgacha Lewotobi Laki-Laki tog‘i yaqinida xavf darajasi oshgani va xavf zonasi kengaygan.
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy boshqarma matbuot kotibi Abdul Muharining so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar qulagan uylar ostida ko‘proq jasadlarni qidirishda davom etmoqda. Uning aytishicha, barcha jasadlar, jumladan bir bola, kraterdan 4 kilometr (2,4 mil) radiusda topilgan.
«Hokeng qishlog‘ida bir rohiba vafot etgan, yana biri bedarak yo‘qolgan, bizning rohibalarimiz zulmatda vulqon kulidan tushayotgan yomg‘ir ostida vahimada qochib chiqdilar», – dedi Avliyo Gabriel jamg‘armasi rahbari Augusta Palma.
Ma’lum qilinishicha, vulqon otilishi natijasida Wulanggitang tumani va Ile Bura tumanidagi to‘rt qishloqda jami kamida 10 ming kishi zarar ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ispaniyadagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 155 nafarga yetgani haqida xabar bergan edi.