5-noyabr kuni respublikada yog‘ingarchilik kuzatiladi
eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda qor yog‘adi
Bugun, 5-noyabr kuni Surxondaryo viloyatidan tashqari har bir hududda yomg‘ir yog‘adi. O‘rtacha havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kunduzi havo 17 darajagacha ko‘tariladi, kechga kelib 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.