AQShda prezidentlik saylovi boshlandi

eʼlon qilindi
Tramp ham, Harris ham o‘z g‘alabasiga ishonadi
Foto: Unsplash

Amerika Qoʻshma Shtatlarida prezident saylovi chorshanba kuni, 5-noyabrda boʻlib oʻtadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Mamlakat rahbari lavozimiga nomzodlar – Kamala Harris va Donald Tramp saylov oldidan oʻz bayonotlarini e’lon qildilar.

Ikkala siyosatchi ham Pensilvaniya shtatidagi nutqlarida gʻalabaga ishonayotganlarini ta’kidladi. Jamoatchilik fikri soʻrovlariga koʻra, Harris va Tramp deyarli teng kuchga ega. AQSHning kelajakdagi prezidenti kim boʻlishi saylovdan keyingi bir necha kun ichida ma’lum boʻladi.

Bu yilgi saylov kampaniyasi bir nechta kutilmagan hodisalar bilan esda qoladi. Xususan, amaldagi prezident Jo Bayden saylov poygasidan chiqdi. Shu munosabat bilan uning o‘rniga Harris nomzod bo‘ldi. Trampga esa ikki marta suiqasd uyushtirildi.

AdImpact analitik kompaniyasining hisob-kitoblariga koʻra, mart oyidan noyabr oyigacha boʻlgan davrda saylov kampaniyasiga $2,6 milliarddan ortiq mablagʻ sarflangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShning yangi prezident O‘zbekiston munosabatlariga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek