Nyu-Yorkka uchgan samolyot Toshkentga qaytishga majbur boʻldi
eʼlon qilindi
Reys Toshkent mahalliy vaqti bilan 09:30 da qayta uchgan hamda Nyu-York mahalliy vaqti bilan 12:30 da yetib borishi rejalashtirilgan
Toshkentdan Nyu-Yorkka jadval bo‘yicha soat 06:47 da uchib ketgan samolyot yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab soat 07:35 da aeroportga qaytdi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Havo kemasi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan va aeroportda yo‘lovchini kutib turgan tibbiy yordam mashinasi orqali tibbiy muassasaga jo‘natilgan.
Qayd etilishicha, reys Toshkent mahalliy vaqti bilan 09:30 da qayta uchgan hamda Nyu-York mahalliy vaqti bilan 12:30 da yetib borishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, yo‘lovchi 1967-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgani haqida xabar bergan edi.