Toshkent havosi eng iflos shaharlar 10 taligidan joy oldi
eʼlon qilindi
IQAir platformasiga ko‘ra
IQAir platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, 5-noyabr kuni Toshkent dunyoning havosi eng yuqori darajada ifloslangan shaharlari reytingida o‘ninchi o‘rindan joy oldi.
O‘zbekiston poytaxti atmosferasida PM2,5 miqdori Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan havo sifati bo‘yicha tavsiya etilgan normal me’yordan 11 baravar yuqori bo‘lgan.
Toshkent havosi nafas yo‘llari kasalliklariga chalinganlar uchun zararli.
Pokistonning Lahor shahri havo ifloslanishi bo‘yicha shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Uchlikdan Dehli (Hindiston) va Bag‘dod (Iroq) shaharlari joy oldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistondagi ekologik vaziyat koinotdan tahlil qilinishi haqida yozgan edi.