Olmaotada uch balli zilzila sodir bo‘ldi
Qozog‘istonda 5-noyabr kuni zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV).
Olmaotada uch balli silkinishlar qayd etildi. Zilzila epitsentri ushbu shahardan 33 km uzoqlikda joylashgan.
Talgar va Esik aholi punktlarida zilzila kuchi to‘rt ballni tashkil etgan.
Zilzila Turgen, O‘tegen-Batyr, Boralday, Malovodnoye, Kayipova qishloqlari hamda Olatau va Qorasoy shaharlari aholisiga ham sezildi.
Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini vahimaga tushmaslikka, liftdan foydalanmaslikka va zilzila paytida zinapoyaga chiqmaslikka chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil mart oyi boshida Olmaotada bir qator kuchli silkinishlar qayd etilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yuz bergan zilzila haqida yozgan edi.