Kichik biznes uchun xarajat va daromadlarni boshqarishga yordam beruvchi bepul bot yaratildi

eʼlon qilindi
Loyiha The Stirling Foundation (AQShning Yuta shtati) ko‘magida amalga oshirilmoqda
Foto: Prykhodov/Depositphotos.com

O‘zbekiston Fintech Assotsiatsiyasidan mikrobiznes uchun asosiy xarajatlar va daromadlarni boshqarish uchun bepul bot ishga tushirildi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mikrobiznes egalariga Telegram’da o‘z mablag‘larini osongina kuzatib borish imkoni yaratildi. Yangi bot asosiy xarajatlar va tushumlarni kuzatishga, har kungi hisob va xarajatlarni toifalar bo‘yicha tahlil qilishga yordam beradi. Bot uch tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.

Foto: Saytdan olindi

Bepul bot foydalanuvchilarga murakkab buxgalteriya tizimlariga vaqt sarflamasdan o‘z bizneslarini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Kelgusida bot bilan to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashuvi va moliyaviy hisobni yanada qulayroq qilish rejalashtirilmoqda.

Bot https://bi-panel.ftech-data.com/ havolasida Intertrace so‘zini faollashtirish kodi yoki FINTECH tugmasini bosish orqali ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pavel Durov Telegramʼda 10 ta yangi funksiya ishga tushishini ma’lum qilgan edik.

Shuningdek