Isroil mudofaa vaziri iste’foga chiqarildi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat mudofaa vaziri Yoav Galantni ishonchni yo‘qotgani uchun iste’foga chiqardi. Bu haqda Times of Israel portali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Galant Isroil hukumatining siyosatiga zid bo‘lgan qarorlar qabul qilgan.
Netanyaxu tomonlar o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlarni bartaraf etishga harakat qilganini, ammo ijobiy natijaga erisha olmaganini aytdi. Bu muammoni jamoatchilik bilgan va keyinchalik Isroilning Yaqin Sharqdagi raqiblari ham xabardor bo‘lishgan.
Isroil Mudofaa vazirligi rahbari lavozimini sobiq tashqi ishlar vaziri Israel Katz egallaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron Amerika Qo‘shma Shtatlarida prezidentlik saylovlari boshlanishidan oldin Isroilning zarbiga javob berishga tayyorlanayotgani haqida yozgan edi.