Qamchiq dovonida ko‘chki yuzaga keldi – foto

eʼlon qilindi
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q
Foto: FVV matbuot xizmati

Joriy yilning 6-noyabr kuni Qamchiq dovonida ko‘chki yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Holat tongi soat 4:55 larda A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi 238,5 kilometrida kuzatilgan.

Qayd etilishicha, yog‘ingarchilik natijasida namlanish hisobiga nomustahkam tosh-tuproq aralashmasi ko‘chkisi kuzatilgan.

«Ko‘chki yo‘lning xandaq qismiga tushgan bo‘lib, harakat xavfsizligiga ta’sir yetmagan, shuningdek, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q», – deyiladi xabarda.  

Foto: FVV matbuot xizmati
Foto: FVV matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yil 18-sentabr kuni burg‘ilash va portlatish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan «Qamchiq» dovonida transport harakati cheklanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek