O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Braziliyadagi jahon chempionatida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
eʼlon qilindi
Afruza Hamdamova jahon chempioni bo‘ldi
Braziliyada shaxmat boshqotirmalarini yechish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari ikkita medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
16-yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Afruza Hamdamova jahon chempioni bo‘ldi, 14-yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Nilufarxon Imomqo‘ziyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan uch yoshli vunderkind FIDE shaxmat reytingiga kirganini yozgan edi.