Turkiya, Ozarbayjon va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi yagona turkiy alifboga o‘tishga tayyor

eʼlon qilindi
Erdo‘g‘an Markaziy Osiyo davlatlarini ham yagona turkiy alifboga o‘tishga chaqirdi
Foto: Akipress.com

Turkiy davlatlar tashkilotining Bishkekdagi 11-sammitida Erdo‘g‘an yagona turkiy alifboga o‘tishga doir harakatlarni kuchaytirish kerakligini aytdi. Bu haqda Aki press nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Turkiya rahbari mushtarak alifbosi Turkiy davlatlari va taqdirini olg‘a qadam sari yetaklashini aytdi.

«Barcha qiyinchiliklarni yengib, oramizdagi masalalarni bartaraf etish orqali turkiy dunyoning tarixiy urugʻini birga sepa olamiz. Men bunga ishonaman», – dedi Erdoʻgʻan hamkasblariga murojaat qilib.

Foto: Oxu.az

«Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlik qilsak, transformatsiya zarur deb hisoblayman. Turkiya, Ozarbayjon, Shimoliy Kipr yagona turkiy alifboga oʻtishga tayyor. Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Turkmanistoning bu boradagi qarorini kutamiz”, – dedi Turkiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 34 harfdan iborat Turkiy xalqlar uchun yagona alifbo joriy etilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek