Lipetsk koloniyasidan qochgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Ikki haftadan so‘ng
Foto: alexraths/Depositphotos

Ikki hafta oldin Rossiyaning Lipetsk shahridagi koloniyadan qochib ketgan barcha oʻzbekistonliklar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻlga olindi. Ichki ishlar vazirligining xabariga koʻra, oltinchi erkak kecha qoʻlga olingan.

Mahbus Tambov viloyati Polinino qishlog‘i yaqinida qidiruv operatsiyasi vaqtida qo‘lga olingan. U bilan birga qochganlar oktabr oyi oxirida Lipetsk yaqinida topilgan edi.

«Kommersant» nashrining xabariga ko‘ra, qochoqlar vataniga O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan.

Koloniya xodimlariga nisbatan beparvolik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, ularga yillik ish haqi miqdorida jarima, 12 oygacha axloq tuzatish ishlari yoki uch oygacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Kursiv Uzbekistan o‘zbekistonliklarning ushbu koloniyadan qochib ketgani haqida yozgan edi.

Shuningdek