Tezpul online mikromoliya tashkiloti paydo bo‘ldi

eʼlon qilindi
Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi
Foto: Kursiv Uzbekistan / Behruz Valiyev

Joriy yilning 7-noyabr kuni Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan «Tezpul online mikromoliya tashkiloti» MCHJga litsenziya berildi. Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, MCHJ mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritildi va hisob ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank sentabr oyida «United Payment Solution» AJning litsenziyasini bekor qilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sarmoyachi group mikromoliya tashkilotiga litsenziya berilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek