2024-yilda Afgʻonistonda giyohvand moddalarni yetishtirish 19 foizga oshdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining (UNODC) yangi hisobotiga koʻra, Afgʻonistonda giyohvandlik moddalari yetishtiriladigan maydonlar 2024-yilda 19 foizga oshib, 12,8 ming gektarga yetdi.
Mamlakatda afyun yetishtirish 2023-yilda 95 foizga keskin pasayib ketganidan keyin qayta tiklandi, oʻshanda plantatsiyalar butunlay yoʻq qilingan edi. Shu bilan birga, hozirgi ekinlar 2022-yildagi darajadan ancha past boʻlib qolmoqda, oʻsha paytda ekin maydonlari 232 ming gektarni tashkil qilgan edi.
«Bu Tolibon giyohvand moddalarni yetishtirishni taqiqlaganiga va mamlakatdagi ogʻir iqtisodiy vaziyatga qaramay sodir boʻlmoqda», – deyiladi hisobotda.
Giyohvandlik moddalarini yetishtirilishning qayta tiklanishidagi asosiy omil bozor dinamikasi va fermerlar duch kelayotgan qiyinchiliklar sabab boʻlmoqda. 2024-yilning birinchi yarmida quruq afyun ekstraktining narxi bir kilogramm uchun taxminan $730 ni tashkil etdi, bu taqiqdan oldingi narxdan qariyb 7 baravarga koʻpdir.
BMT rasmiylari afgʻon fermerlari uchun barqaror muqobil daromad manbalarini ta’minlash uchun xalqaro yordam zarurligini ta’kidlamoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Afgʻoniston Amudaryo havzasida neft qazib olishni oshirishi haqida xabar bergan edi.