Audi Xitoy bozoriga mo‘ljallangan yangi AUDI E modelini taqdim etdi – foto

eʼlon qilindi
2025-yilda sotuvga chiqishi rejalashtirilmoqda
Foto: Audi kompaniyasi axborot xizmati

Volkswagen konserniga kiruvchi Audi kompaniyasi Xitoyda yangi brendini – AUDI E taqdim etdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma’lumot berdi.

SAIC Motor Corporation, ya’ni Xitoy davlat avtokompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu avtomobillarda radiator panjarasida an’anaviy to‘rt halqali logotip mavjud emas.

Foto: Audi kompaniyasi axborot xizmati

Tashqi dizayn

Yangi brendning birinchi vakili – AUDI E nomli yangi dizaynga ega konseptual hetchbek bo‘lib, avtomobil 4870 x 1990 x 1460 mm o‘lchamlariga ega. Shuningdek, avtomobilning g‘ildirak bazasi – 2950 mm. O‘lchamlari bo‘yicha u hozirgi benzinli Audi A5 bilan taqqoslanadi.

Qayd etilishicha, avtomobilning tashqi qismida odatdagi to‘rt halqa mavjud emas, Audi va SAIC tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan Advanced Digitized Platform asosida qurilgan.

Foto: Audi kompaniyasi axborot xizmati

Ichki mexanizm

Avtomobil 764 ot kuchiga ega bo‘lgan ikki elektr motor yordamida harakatlanadi. Shuningdek, Konsept 100 km/soat tezlikka 3,6 soniyada erishadi.

Akkumulyator batareyasining sig‘imi – 100 kVt/soat bo‘lib, CLTC metodikasi bo‘yicha hisoblangan yurish zaxirasi – 700 killometrni tashkil etadi.

Shuningdek, mashinada juda tez zaryad qilish imkonini beruvchi 800-voltli mexanizm mavjud bo‘lib, u mashinaga 10 daqiqada 370 km masofaga yetadigan quvvat olish imkonini beradi.

Foto: Audi kompaniyasi axborot xizmati

Salon qismidagi yangiliklar

Salon ichida bir vaqtning o‘zida ikki smartfon uchun simsiz quvvatlagichlar va katta egri 4K ekran mavjud. Salon qismiga bezak berishda yog‘och shpon va mikrofibra materiallaridan foydalanilgan.

Yangi brendning dastlabki uch modeli savdoga 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular o‘rta va to‘liq o‘lchamdagi avtomobillar bo‘ladi.

«Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, AUDI savdo belgisi ostida ko‘proq lokalizatsiyalangan (ya’ni aynan xitoylik mijozlar uchun mo‘ljallangan) mahsulot taklif etiladi, lekin u original yevropacha brendning o‘ziga xos xususiyatlarini saqlab qoladi», – deyiladi iXBT nashri xabarida.

Foto: Audi kompaniyasi axborot xizmati
Foto: Audi kompaniyasi axborot xizmati
Foto: Audi kompaniyasi axborot xizmati
Foto: Audi kompaniyasi axborot xizmati

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi dizaynga ega Kia Sportage 2026 taqdim etilgani hamda uning narxlari haqida ma’lumot bergan edi.

Shuningdek