Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar narxi $100 mlndan oshdi
2024-yilning 1-noyabr holatiga koʻra, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar narxi $100 mlndan oshdi. Bu qimmatli qog‘ozlar respublika oltin-valyuta zaxiralarining bir qismidir. Bu haqdagi ma’lumotlar regulyator veb-saytida e’lon qilingan.
Sotib olingan qimmatli qogʻozlar narxi bir oy ichida deyarli uch baravar oshdi, ya’ni $35,7 mln.dan $100,9 mln.ga yetdi. Hozircha regulyator qaysi qimmatli qogʻozlarga sarmoya kiritgani noma’lumligicha qolmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 25-iyul kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov Oʻzbekiston AQSh davlat qimmatli qogʻozlariga $35 million sarmoya kiritgani haqida ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, u regulyatorning investitsiya qoʻmitasi diversifikatsiya qilish ustida ishlayotgani haqida aytib oʻtgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston $1,5 mlrdlik uchta valyutadagi obligatsiyalarni jahon moliya bozoriga joylashtirgani haqida xabar bergan edi.