Oʻzbekistonda aholiga ajratilayotgan avtokreditlar hajmi 42 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
Joriy yilning sentabr oyida ajratilgan avtokreditlar 1,1 trln so‘mni tashkil qilib, so‘nggi ikki yil uchun eng past ko‘rsatkich bo‘ldi
Foto: Roman Fedotov / Kursiv

Oʻzbekistonda joriy yilning yanvar – sentabr oylarida tijorat banklari tomonidan aholiga 12,8 trln soʻm miqdorida avtokreditlar ajratildi. Bu haqda Markaziy bank (MB) hisobotida ma’lum qilindi.

Unga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mazkur davridagiga nisbatan 42 foizga kamdir. Joriy yilning sentabr oyida ajratilgan avtokreditlar 1,1 trln soʻmni tashkil qilib, soʻnggi ikki yil uchun eng past koʻrsatkich boʻldi. 2024-yildagi eng yaxshi koʻrsatkich esa may oyida qayd etilib, 1,7 trln soʻmni tashkil qildi. Bu raqamlar oʻtgan yil bilan taqqoslaganda sezilarli farq qiladi.

Mamlakatda avtokreditlar hajmining pasayishiga Markaziy bank tomonidan joriy qilingan cheklov sabab boʻlmoqda. Cheklovga koʻra avtokreditlar bank portfelining 25 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak. Mazkur qoidalar esa 2023-yilning ikkinchi yarmidan boshlab kuchga kirgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondagi ikkilamchi avtomobil bozorida holat haqida yozgan edi.

Shuningdek