Oʻzbekiston Qozogʻiston porti orqali eksport qilishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
2024-yil davomida port orqali tranzit tashuv hajmini 5 million tonnadan oshirish maqsad qilingan
Foto: khoroshkov / depositphotos.com

O‘zbekiston Qozog‘iston porti orqali uchinchi davlatlarga mahsulot eksport qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. OʻzR Bosh konsulxonasi xodimlari Qozogʻistonning «Oqtov dengiz tijorat porti» rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda «Dunyo» axborot xizmati xabar berdi.

Tomonlar muloqot davomida «Oqtov dengiz tijorat porti»ning hozirgi holati, uning texnik imkoniyatlari, oʻzbek eksportchilarining mahsulotlarini ushbu dengiz porti orqali uchinchi davlatlarga yetkazish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Shuningdek, port mahsulotlarni tranzit va konteynerli tashish orqali diversifikatsiya qilish bilan Transkaspiy xalqaro transport yoʻnalishining muhim bir qismiga aylanayotib bormayotgani ta’kidlandi. 2024-yil davomida port orqali tranzit tashuv hajmini 5 million tonnadan oshirish maqsad qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻiston Kaspiyda yettita yangi kemani qurib, dengiz flotini kengaytirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek