Oltin quymalarining narxi pasayishda davom etmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar berdi
Foto: serezniy / www.depositphotos.com

Bugun, 12-oktabr kuni besh grammlik oltin quymalarining narxi 5,57 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Narx joriy hafta dushanba kunidan boshlab pasayishni boshlagan. O‘tgan hafta juma kuni oltin quymalarining narxi 5,7 mln so‘mni tashkil qilib, hozirgacha 127 ming so‘mga yoki 0,22 foizga pasaygan.

Jahon bozorida ham shu kabi holat, LBMA ma’lumotlariga ko‘ra, oltin narxlari 11-noyabr kuni kunduzi $2670,55 bo‘lsa, kechki vaqtga kelib $2624,75 ni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 31-oktabr holatiga ko‘ra, oltin quymalarining narxi deyarli 5,9 mln ming so‘mni tashkil qilib, yil boshidan beri 40 foizga ortgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 12-noyabr kuni bitkoin narxi $89 mingdan oshib, 24 soat ichida kriptovalyuta deyarli 10 foizga qimmatlashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek