Chevrolet Onix’ning Rossiyaga norasmiy yetkazib berilishi davom etmoqda

eʼlon qilindi
Voronejda ushbu mashinalar 2 dan 2,1 mln rublgacha bo‘lgan narxlarda mavjud
Foto: UzAuto Motors

Rossiyaga bir partiya Chevrolet Onix olib kelindi va 1,9 million rubldan boshlanuvchi narxlarda importi davom etmoqda. Bu haqda Avtonovostidnya.ru nashri xabar berdi.

Rossiyada Chevrolet Onix yangi budjet sedanlarining norasmiy importi davom etmoqda, ular Kia Rio, Hyundai Solaris yoki Lada Vesta uchun muqobil bo‘lishi mumkin.

Bugungi kunda narxlar 1,9 million rubldan boshlanadi, deb xabar beradi Avtonovostidnya. Yangi utilizatsiya yig‘imi joriy etilganiga qaramay yoz oylaridan buyon minimal narx 60 ming rublga o‘sdi.

Shu narxda ushbu mashinani Sverdlovsk viloyatining Asbest shahridan «shaxsiy sotuvchi» va Omskdagi ko‘p brendli avtosalon taklif qilmoqda.

Moskvada Chevrolet Onix uchun kamida 1,98 mln rubl so‘ralmoqda, Voronejda esa yangi Chevrolet Onix partiyasi olib kelingan, ushbu mashinalar 2 dan 2,1 million rublgacha bo‘lgan narxlarda mavjud.

Mashinalar 132 ot kuchiga ega 1,2 litrli benzinli turbo-dvigatel va klassik oltita tezlikdagi «avtomat» transmissiya bilan jihozlangan.

Kursiv Uzbekistan Chevrolet Onix’ning Rossiyaga «norasmiy» yetkazib berilishi borasida UzAuto Motors matbuot xizmati bilan bog‘landi. Matbuot xizmati tomonidan holatga munosabat bildirilganda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Qozog‘iston bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotmoqdaligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek