Oʻzbekiston va Chernogoriya hukumatlararo komissiyasi tuziladi
eʼlon qilindi
Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha
Shavkat Mirziyoyev Bokuda bo‘lib o‘tgan COP29 iqlim konferensiyasida Chernogoriya rahbari Yakov Milatovich bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uning birinchi yig‘ilishi kelasi yili biznes-forum bilan birga Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Uchrashuvda prezidentlar savdo, madaniyat va turizm kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini ham ko‘rib chiqdilar. Hamkorlikni soddalashtirish maqsadida sarmoyalarni himoya qilish va savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar ishlab chiqiladi, qo‘shma sanoat loyihalari bo‘yicha yo‘l xaritasi tayyorlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilgan edi.