Ilon Mask AQShning yangi hukumatiga qo‘shildi
AQSh yangi hukumat tarkibida hukumat samaradorligi departamentini boshqaradigan ikki kishining biri Ilon Mask bo‘ladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Mask mamlakatning bo‘lajak prezidenti Donald Trampni saylovlarda faol qo‘llab-quvvatladi. departamentining ikkinchi rahbari yana bir tadbirkor Vivek Ramasvami bo‘ladi. U Mask kabi jamoat faoli emas. Ramasvami praymerizda Tramp bilan raqobatlashgani bilan tanilgan.
Trampning ta’kidlashicha, Mask va Ramasvami yangi ma’muriyatda hukumat byurokratiyasini yo‘q qilish, xarajatlarni qisqartirish va federal agentliklarni qayta qurish yo‘lini ochishi yo‘lida xizmat qiladi.
Tadbirkorlarning hukumatdagi vakolatlari 2026-yilning iyuliga qadar davom etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oq uy apparati rahbari birinchi marta ayol bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edi.