“Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil qilinadi

eʼlon qilindi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash bo’yicha yangiliklar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash maqsadida onkologiya, endokrinologiya va kardiologiya markazlari tomonidan skrining tekshiruvlari yo‘lga qo‘yildi. Shu yilning o‘zida 1,7 mlndan ortiq ayol skriningdan o‘tkazilib, 49 ming nafarida saraton oldi holatlar aniqlangan.

Shuningdek, 122 mingdan ortiq aholida yurak qon-tomir kasalliklari va qandli diabetning erta bosqichdagi belgilari topildi. Ushbu sa’y-harakatlar odamlarni og‘ir kasalliklardan saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Qashqadaryoda tajriba tariqasida erta aniqlangan onkologik holatlar uchun tibbiyot xodimlariga mukofot berish tizimi joriy etildi. Buning natijasida oilaviy shifokorlar mahallalarda erta bosqichdagi 51 holatni aniqlab, buning evaziga 102 mln so‘m mukofot olishdi. Bu choralar kech bosqichdagi davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam berdi, jami 8 mlrd so‘m mablag‘ tejab qolindi.

Onkologik kasalliklar ichida ayollar orasida ko‘krak bezi va bachadon saratonining ulushi katta bo‘lib, jami onkologik kasalliklarning 20-25 foizini tashkil etadi. Shu sababli ushbu yo‘nalishda skrining dasturlarini kengaytirish va kasalliklar reyestrini yaratish rejalashtirilmoqda.

Dorilarni 15 oylik talab asosida xarid qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi yildan boshlab, davlat byudjeti parametrlari bilan bir vaqtda zarur dorilar hajmi aniqlanib, «Xaridlar markazi» va uning hududiy filiallari tomonidan amalga oshiriladi. Bu tizim farmatsevtika mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, donorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» unvoniga ega bo‘lganlarga beriladigan moddiy mukofot  BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi va jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi taqdim etiladi. Shu bilan birga, davlat sihatgohlarida davolanishda ularga navbatsiz xizmat ko‘rsatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev bir qator shifokorlarni taqdirlagan edi.

Shuningdek